✅ Muhtaram prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan mazkur g‘oya bugungi kunda yoshlarning hayotda o‘z o‘rnini topishi uchun sharoitlar yaratish, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash borasida chora-tadbirlar amalga oshirilishiga imkon yaratilmoqda.
⚡️Shu munosabat bilan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti rektori, professor B.Maxkamov universitetga biriktirilgan Toshkent shahri Sergeli tumanidagi Bunyodobod, Ezgulik MFYlarida istiqomat qiluvchi Abbosbek hamda Nurmuhammad ismli yigitlarimiz holidan xabar oldi. Uchrashuv davomida yoshlarning muammolari o‘rganilib, suhbatlar uyushtirildi.
✅ Rektorimiz va yoshlar o‘rtasida tashkil etilgan muloqotlarda yoshlarning taʼlim va tarbiyasiga koʻmaklashish, boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning muammolarini oʻrganish va hal etish, moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlash maqsadida fikrlar bildirildi va ularning muammolarini ijobiy hal qilish bo‘yicha universitet mas’ullariga alohida ko‘rsatmalar berildi.