Davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan mazkur g‘oya bugungi kunda yoshlarning hayotda o‘z o‘rnini topishi uchun sharoitlar yaratish, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash borasida chora-tadbirlar amalga oshirilishiga imkon yaratmoqda.
Kuni kecha - 25-may kuni TATU rektori professor Baxtiyor Shuxratovich Yunusobod tumanidagi shunday xonadonlardan birida bo‘ldi. O‘ziga biriktirilgan aholi holidan xabar oldi, ular bilan suhbatlashib, yashash sharoitlari va muammolarini o‘rgandi.
Yunusobod tumani “Akbarobod” mahallasida istiqomat qiluvchi Karimov Xasan IT sohasi va dasturlashga juda qiziqadi. O‘zining noutbuki bo‘lishini xohlaydi. Shu sababli uyda bo‘sh vaqtida kompyuter bilan shug‘ullanib, kelajakda IT mutaxassisi bo‘lishi uchun Xasanga rektor tomonidan so‘ngi rusumdagi noutbuk sovg‘a qilinib, universitetdagi to‘garaklarga bepul qatnashish imkoniyatini yaratib berildi.