Rektor yoshlar muammosiga befarq emas
Davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan mazkur g‘oya bugungi kunda yoshlarning hayotda o‘z o‘rnini topishi uchun sharoitlar yaratish, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash borasida chora-tadbirlar amalga oshirilishiga imkon yaratmoqda.
Rektorimiz va yoshlar o‘rtasida tashkil etilgan muloqotlarda yoshlarning taʼlim va tarbiyasiga koʻmaklashish, boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning muammolarini oʻrganish va hal etish, moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlashga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Shu munosabat bilan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti rektori professor Baxtiyor Shuxratovich Yunusobod tumani Anorzor MFY 2-uyda istiqomat qiluvchi Diyorabonuning uylarida bo‘ldilar. Diyorabonuning qiziqishlaridan kelib chiqqan holda unga zamonaviy rusumdagi noutbuk sovg‘a qilindi va universitetdagi to‘garaklarga bepul qatnashish imkoniyatini yaratib berildi.