👥 Rektor va yoshlar uchrashuvi bo'lib o'tdi.

  • Asosiy
  • 👥 Rektor va yoshlar uchrashuvi bo'lib o'tdi.

💬 Bugun, 24-fevral kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida rektor va talabalar ishtirokida ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi.

Universitet nafaqat yoshlarga ta’lim-tarbiya berib, ularni ertangi kunga tayyorlaydi, balki jamiyat va mamlakat uchun foydali bo‘lgan ijobiy ijtimoiy muhit shakllantiradi, talabalar orasida do‘stlik rishtalarini hosil qilib, unutilmas xotiralar bilan ta’minlaydi.
- deydi, TATU rektori B.Maxkamov.

❔ Ochiq muloqot tarzida tashkillashtiriladigan ushbu uchrashuvda rektor talabalarning muammo va masalalar yuzasidan erkin fikrlari, taklif va tashabbuslarini tingladi. Bu borada ularga qancha yordam, ko‘mak zarur bo‘lsa, qo‘llab-quvvatlashga doim tayyor ekanligini bildirdi.