Rektor talabalarning ijara xonadonlaridagi sharoitlar bilan tanishdi

  • Asosiy
  • Rektor talabalarning ijara xonadonlaridagi sharoitlar bilan tanishdi

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti rektori, professor B.Maxkamov Toshkent shahrining Yunusobod tumanida istiqomat qilayotgan talabalarning ijara xonadonlariga tashrif buyurib, yoshlar bilan muloqot qildi.

Tashrif davomida talabalarning yashash sharoitlari ko‘zdan kechirilib, ularning ta’lim olishi va yashashi uchun yaratilgan imkoniyatlar bilan tanishildi. Shuningdek, talabalar bilan suhbat davomida ularning murojaat va takliflari tinglanib, ijara xonadonlarida xavfsizlikni ta’minlash, yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya qilish, gaz jihozlari hamda isitish qurilmalaridan to‘g‘ri foydalanish bo‘yicha zarur tavsiyalar berildi.

Rektor tomonidan talabalarning xavfsizligi, farovonligi va ta’lim olishi uchun zarur sharoitlarni ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.