"Rektor kubogi" musobaqasi bo'lib o'tmoqda.

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Talabalarni turar joy bilan taʼminlash ishlarini muvofiqlashtirish boʻlimi tomonidan TTJlarda istiqomat qilayotgan talaba-yoshlar o‘rtasida sportning futbol, voleybol va stol tennisi turlari bo‘yicha "Rektor kubogi" musobaqasi bo‘lib o‘tmoqda.

Eslatib o‘tamiz!!! Universitet sport majmuasida o‘tkazilayotgan mazkur "Rektor kubogi" musobaqasi doirasida 50 ta jamoa o‘zaro kuch sinashmoqda! Jamoalarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida barchangizni taklif etamiz!