
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida sportning stol tennisi turi bo‘yicha "Rektor kubogi – 2025" musobaqasi qizg‘in ruhda o‘tkazilmoqda.
Musobaqada 500 dan ortiq universitet xodimlari va talaba-yoshlar ishtirok etib, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, sport orqali faol va jips jamoani shakllantirishga o‘z hissasini qo‘shmoqda.
🏓 Bellashuvlar yuqori kayfiyatda, sportga xos raqobatbardoshlik va do‘stona muhitda davom etmoqda.