Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti rektori B.Maxkamov boshchiligidagi delegatsiya Koreya Respublikasining Yongnam universiteti (Yeungnam university)ga tashrif buyurdi.

  • Asosiy
  • Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti rektori B.Maxkamov boshchiligidagi delegatsiya Koreya Respublikasining Yongnam universiteti (Yeungnam university)ga tashrif buyurdi.

💻 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti rektori B.Maxkamov boshchiligidagi delegatsiya Koreya Respublikasining Yongnam universiteti (Yeungnam university)ga tashrif buyurdi.

✅ Delegatsiyaning tashrifi davomida TATU va Yongnam  universiteti o‘rtasida “Information and Communication Engineering” va “Computer Engineering” yo‘nalishlarida qo‘shma ta’lim dasturini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha hamkorlik shartnomasi imzolandi.

➡️ Kelgusida ushbu ta’lim dasturida o‘qiydigan talabalar dastlabki 2 yilni TATUda va qolgan 2 yilni esa Koreyaning Yongnam universitetida davom ettiradilar. Qo‘shma ta’lim dasturini tamomlagandan so‘ng ularga ikkita xalqaro darajadagi diplom beriladi.

📎 Mazkur qo‘shma ta’lim dasturi  2023-yil oktabr oyidan boshlanishi kelishildi. Abituriyentlar uchun ta’lim dasturiga oid barcha ma’lumotlar (kirish imtixonlari, talab etiladigan xujjatlar) rasmiy web saytlar va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalar orqali e’lon qilinadi.

📄 Ma’lumot uchun: Yongnam universiteti Koreya Respublikasining yetakchi Oliy ta’lim muassasasi hisoblanadi. Xususan, Koreya universitetlari o‘rtasida 16-o‘rinda, xalqaro QS hamda THE reytinglarda esa TOP 800 o‘rinda qayd etilgan.