
Bugun, 17-mart kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida muhtaram Prezidentimiz tashabbusi bilan start olgan "Rektor kubogi" musobaqasini yuqori saviyada o‘tkazish, 17-18-mart kunlari bo‘lib o‘tayotgan “Qadriyatlaring boqiy bo‘lsin - Navro‘z” shiori ostida Navro‘z sayliga tayyorgarlik holati hamda joriy yilning 15-mart kuni bo‘lib o‘tgan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining navbatdagi Hay’at yig‘ilishida Vazir tomonidan berilgan vazifalarni Universitet jamoasi tomonidan o‘z vaqtida bajarilishini ta’minlash maqsadida rektorning tezkor yig‘ilishi o‘tkazildi.