3 aprel kuni universitetimizda talaba-yoshlar oʻrtasida “Biz radikalizm, missionerlik va prozelitizmga qarshimiz!” mavzusida maʼrifiy tadbir oʻtkazildi.
Tadbirda Rus Pravoslav cherkovi vakili Oleg Stepanovich Shkovordyuk, Oʻzbekiston Xalqaro Islom Akademiyasi dotsenti, tarix fanlari nomzodi Neʼmatilla Muhamedov hamda Yunusobod tumanidagi “Omina” jomeʼ masjidi imom xatibi Yusufxon Muxitdinovlar ishtirok etib, radikalizm, missionerlik va prozelitizm hamda ekstremistik gʻoyalarga qarshi samarali kurashish yoʻllari, ularning aldoviga tushib qolmaslik kabi holatlar bilan atroflicha maʼlumotlar berdi.
Tadbir soʻngida talabalar tomonidan berilgan savollarga maʼruzachilar batafsil javob qaytardilar.