🗂 Unda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti tomonidan nogironligi bo‘lgan shaxslarni bandligini ta’minlash maqsadida ajratilgan kvotalarning barchasiga nogironligi bo‘lgan shaxslar ishga qabul qilindi. Eslatib o‘tamiz, hozirgi kunda Universitetda nogironligi bo‘lgan shaxslar ish faoliyatini olib borishlari uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan.
🤔 Tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad – nogironligi bo‘lgan shaxslarni Raqamli texnologiyalar vazirligi va tizim tashkilotlaridagi bo‘sh ish o‘rinlari hamda IT sohasidagi yaratilayotgan imkoniyatlar bilan tanishtirish va ijtimoiy integratsiyasini yaxshilashdan iborat.