Raqamli ta'lim va innovatsion texnologiyalar bo'yicha mahorat darsiga marhamat!

  • Asosiy
  • Raqamli ta'lim va innovatsion texnologiyalar bo'yicha mahorat darsiga marhamat!

 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida Malayziyaning nufuzli Universiti Teknologi MARA (UiTM) professori, ta’limda raqamli texnologiyalar va innovatsiyalar bo‘yicha xalqaro mutaxassis Dr. Badrul Isa ishtirokida maxsus mahorat darsi tashkil etiladi.

🌐 Tadbir davomida muhokama qilinadigan mavzular:

✅ta’limda raqamli texnologiyalar va innovatsion yondashuvlar;
✅mobil ta’lim ilovalari va interaktiv o‘quv platformalari yaratish tajribasi;
✅raqamli hikoyalash (digital storytelling) va axborotni vizuallashtirish usullari;
✅ilmiy tadqiqot metodologiyasi va xalqaro ilmiy hamkorlik imkoniyatlari;
✅g‘oyani ijtimoiy ta’sirga ega loyihaga aylantirish — tadbirkorlik va innovatsiya tajribasi.



🗓 2026-yil, 26-avgust
Soat: 15:00
📍 Manzil: TATU, A-318 xona

✨ Barchangizni mazmunli va foydali uchrashuvga taklif qilamiz!

✨ Ishtirokchilar tajribali olim va xalqaro miqyosda tan olingan mutaxassis bilan bevosita muloqot qilish, uning ilmiy-amaliy faoliyati hamda innovatsion loyihalari bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.