“Oliygoh kubogi” doirasida “Raqamli kelajak 2026” ilmiy-innovatsion texnologiyalar ko‘rgazmasiga qabul boshlandi!

  • Asosiy
  • “Oliygoh kubogi” doirasida “Raqamli kelajak 2026” ilmiy-innovatsion texnologiyalar ko‘rgazmasiga qabul boshlandi!

Texnologiya, innovatsiya va startap loyihalariga qiziqadigan talabalar uchun ajoyib imkoniyat!

 Eng yaxshi loyihalar quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi:
 Sun’iy intellekt, mashinali va chuqur o‘qitish;
 Raqamli platformalar va dasturiy mahsulotlar;
 Kiberxavfsizlik va raqamli himoya texnologiyalari;
 Bulutli hisoblash va ma’lumotlar injiniringi;
 Internet ashyolari (IoT) va aqlli muhitlar;
 Robototexnika, avtomatlashtirish va avtonom tizimlar;
 Veb-texnologiyalar va UX/UI dizayn;
 Virtual reallik (AR/VR/MR) texnologiyalari;
 Yashil IT va barqaror raqamli texnologiyalar.

 Eslatma:
• 1 ta loyiha jamoa sardori tomonidan faqat bir marta yuborilishi kerak.

 25-mart — loyihalarni ro‘yxatdan o‘tkazishning so‘nggi kuni
 27-mart — saralash bosqichi natijalari e’lon qilinadi

Ko‘rgazma uchun mas’ul:
Jahongir Modullayev
 +998 99 883 11 56
 @raqamli_kelajak_2026

Ko‘rgazmada ishtirok etish uchun:
1. Ko‘rgazma nizomi bilan tanishish hamda yangiliklarni kuzatib borish uchun telegram kanalga a’zo bo‘ling va na’munaviy anketani to‘ldiring;
2. Shu link orqali ro‘yxatdan o‘ting.