TATU 2019-yildagi eng mashhur Oʻzbekiston oliygohlari roʻyxatida yetakchilardan biri!

  • Asosiy
  • TATU 2019-yildagi eng mashhur Oʻzbekiston oliygohlari roʻyxatida yetakchilardan biri!

UniRank Oʻzbekistondagi 65 ta oliy taʼlim muassasasi orasidan eng mashhurlari reytingini tuzdi. Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti 2-o’rinni egallab turibdi. Umuman, ushbu roʻyxatning kuchli uchtaligini Toshkent shahrida joylashgan OTMlar (Toshkent Shahridagi Xalqaro Vestminster Universiteti, Toshkent Axborot Texnologiyalari Universiteti, Toshkent Shahridagi Inha Universiteti) boshlab bergan.

Maʼlumot oʻrnida aytish kerakki, dunyoning 200 mamlakatidagi 13600 dan ortiq rasmiy oliy taʼlim muassasalarini oʻz ichiga olgan UniRank qidiruv va maʼlumotlar bazasi yuqoridagi oliygohlar roʻyxatini quyidagi meʼzonlar asosida shakllantirgan:

  • Oʻzbekistondagi oliy taʼlimga aloqador tegishli davlat tashkilotlari tomonidan akkreditatsiya qilinganligi/litsenziyalanganligi;
  • Kamida 4 yillik bakalavrlik dasturlari yoki bakalavrdan keyingi bosqichlar (magistratura va doktorantura) ni taklif etilishi;
  • Asosan anʼanaviy, yuzma-yuz va masofaviy boʻlmagan taʼlim bilan taʼminlash.



TATU matbuot xizmati