Tayvanning yirik kompaniyasi — Phison (SSD va flesh-xotira kontrollerlari ishlab chiqaruvchisi, mahsulotlaridan Kingston, Corsair, Patriot kabi brendlar foydalanadi) rahbari quyidagi bayonotni berdi:
Chip ishlab chiqaruvchilar buyurtmalar uchun 2–3 yil oldindan oldindan to‘lov talab qilmoqda — ilgari bunday holat bo‘lmagan;
Smartfon, kompyuter va televizor bozori keskin qisqarishi mumkin — ishlab chiqarish hajmi 250 mln donagacha tushishi kutilmoqda;
Elektronika sanoatini jiddiy inqiroz kutmoqda — ko‘plab ishlab chiqaruvchilar bankrot bo‘lishi, arzon (byudjet) qurilmalar esa bozordan yo‘qolishi mumkin;
Sun’iy intellekt tizimlari ulkan hajmdagi operativ xotira talab qilmoqda — masalan, NVIDIA’ning Vera Rubin platformasiga 20 TB gacha xotira kerak bo‘lishi aytilmoqda;
Xotira taqchilligi 2036-yilgacha davom etishi ehtimoli bor va foydalanuvchilar eski avlod “temir”larda qolib ketishi mumkin.
Kim kompyuterini yangilashga ulgurmagan bo‘lsa… vaziyat jiddiy bo‘lishi mumkin.