"GK Consulting" korxonasining Toshkentdagi vakili hisoblanuvchi “Projects” MCHJ tashkiloti rahbari va mutaxassislari ishtirokida qiziqarli seminar-trening bo'lib o'tdi.

  • Asosiy
  • "GK Consulting" korxonasining Toshkentdagi vakili hisoblanuvchi “Projects” MCHJ tashkiloti rahbari va mutaxassislari ishtirokida qiziqarli seminar-trening bo'lib o'tdi.

Bugun, 💻 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida 🇺🇸Amerikaning yirik logistik kompaniyalaridan biri "GK Consulting" korxonasining Toshkentdagi vakili hisoblanuvchi “Projects” MCHJ tashkiloti rahbari va mutaxassislari ishtirokida qiziqarli seminar-trening bo‘lib o‘tdi.

🔔 Tadbir davomida talabalarga logistika sohasi bo‘yicha tushunchalar, korxona haqida ma’lumotlar va undagi bo‘sh ish o‘rinlariga ishga joylashish bo‘yicha batafsil ko‘rsatmalar berib o‘tildi.

💼 Korxonaning quyidagi bo‘limlarida bo‘sh ish o‘rinlari mavjudligi e’lon qilindi:

➡️ Log book bo‘limi;
➡️ Log check bo‘limi;
➡️ Tech Support bo‘limi;
➡️ Call-centre bo‘limi;
➡️ Safety bo‘limi.

Vakansiyalar bo‘yicha murojaat qilish uchun:
☎️ +998 (93) 760 40 28
💖 @gkhrd

➡️ Eng so‘nggi vakansiyalar
💙@tatu_karyera_markazi

❗️Qo‘shimcha savollaringiz bo‘lsa, TATU Karyera markaziga murojaat qilishingiz mumkin.
📍 Manzil: TATU C bino, 5-xona.