

Talabalar quyidagi soha korxona va tashkilotlarida amaliyot o‘tamoqdalar:
Elektromagnit moslashuv Markazi DUK;
UNICON.UZ MChJ;
Radioaloqa, radioeshittirish va televideniye markazi DUK;
Artel Electronics Group kompaniyasining Plata ishlab chiqarish korxonasi;
ZTE Investment MCHJ XK;
Robotics Lab future technology company MCHJ.
Amaliyot jarayonida:
Talabalar olgan nazariy bilimlarini amaliyotga tatbiq etishni o‘rganadilar;
Kadrlar tayyorlash sifati va mehnat bozori talablarini uyg‘unlashtiruvchi muhim mexanizm amalga oshiriladi;
Kasbiy kompetensiyalar rivojlantirilib, talabalar yuqori texnologik sohalarda raqobatbardosh mutaxassis sifatida shakllanadilar;
Yosh mutaxassislarning kelajakdagi barqaror mehnat faoliyati va soha rivojiga hissa qo‘shishiga zamin yaratiladi.
Bitiruv oldi amaliyoti — bu nafaqat bilimlarni amaliyotga tatbiq etish, balki professional tajriba orttirish va ishga tayyor mutaxassis bo‘lib yetishish imkoniyatidir.