Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti rektori Baxtiyor Maxkamov hamda rahbariyat vakillari universitetda tahsil olib, ijarada yashayotgan Radio va mobil aloqa fakulteti talabalarining yashash sharoitlarini joyida o‘rgandi.

  • Asosiy
  • Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti rektori Baxtiyor Maxkamov hamda rahbariyat vakillari universitetda tahsil olib, ijarada yashayotgan Radio va mobil aloqa fakulteti talabalarining yashash sharoitlarini joyida o‘rgandi.

Tashrif davomida talabalar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, ularning turar joy sharoitlari batafsil ko‘zdan kechirildi. Xavfsizlik masalalariga alohida e’tibor qaratilib, is gazining oldini olish, energiya resurslaridan oqilona foydalanish bo‘yicha muhim tavsiyalar berildi. Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan masalalar yuzasidan fikr bildirib, mavjud muammolarni bayon etdilar. Ularning murojaatlari tinglanib, amaliy yechimlar taklif etildi.

Universitet rahbariyati vakillari talabalar uchun yanada qulay va xavfsiz muhit yaratish maqsadida mavjud muammolarni bartaraf etish bo‘yicha zarur choralar ko‘rilishini ma’lum qildilar. Bunday tashriflar talabalar uchun qulay va xavfsiz yashash sharoitlarini yaratish, shuningdek, ularning ta’lim jarayoniga bo‘lgan e’tiborini oshirishga xizmat qiladi.