
Seminar 2017-yil 2-iyundagi hamkorlik shartnomasiga asosan, “O‘zbekiston telekommunikatsiya tarmoqlarini boshqarish respublika markazi” DUK mutaxassislari ishtirokida, 2024–2025 o‘quv yili uchun tuzilgan qo‘shma rejaga muvofiq o‘tkazildi.
Ushbu seminarda Telekommunikatsiya tarmoqlarini monitoring qilish va boshqarish xizmati boshlig‘i o‘rinbosari - Zilolov Fazliddin Xayatovich, Telekommunikatsiya tarmoqlarini monitoring qilish va boshqarish xizmati bosh mutaxassislari Usmanov Sherzod Mirnumonovich, Yosinov Muhammadyor Baxtiyor o‘g‘li va Axborot xavfsizligi va texnik qo‘llab quvvatlash bo‘limi Yetakchi muhandis dasturchi - Safarov Sardorbek Toxir o‘g‘lilari tomonidan Telekommunikatsiya tarmoqlarini Kompleks avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimi (KomABT) orqali tizimli monitoring qilish bilan sifat ko‘rsatkichlarini tahlil qilish, telekommunikatsiya transport tarmog‘ining tuzilishi, tezkor-texnik boshqarish hamda avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimi orqali monitoring qilish, telekommunikatsiya tarmoqlarida Drive-test tizimi bilan ishlash mavzularida seminar mashg‘ulotlar o‘tkazildi.
Seminarda ishtrok etgan professor-o‘qituvchilar va talabalar o‘zlarining qiziqtirgan savollarni berishidi va mutaxassislar tomonidan javoblar olishdi.