“Quvnoqlar va zukkolar” Talabalar ligasi davom etmoqda!

  • Asosiy
  • “Quvnoqlar va zukkolar” Talabalar ligasi davom etmoqda!

“Quvnoqlar va zukkolar” Talabalar ligasi davom etmoqda!

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi hamda Quvnoqlar va zukkolar assotsiatsiyasi tomonidan joriy yilning 20-sentabrida boshlangan Talabalar ligasi doirasida bugungi kunga qadar 25 dan ortiq oliy ta’lim muassasasining final bosqichlari tashkil etildi. Tanlov davomida har kuni 30 dan ortiq talabalar ishtirokchi sifatida, 600 ga yaqin yoshlar esa tomoshabin sifatida qatnashib kelmoqda.

Jamoalarning sahna ko‘rinishlari keng ma’noga ega bo‘lib, yoshlardagi zararli odatlar, jamiyat hamda o‘zlari ta’lim olayotgan oliy ta’lim muassasasidagi yutuq va kamchiliklar hazil ko‘rinishida muxlislarga yetkazib berilmoqda.

G‘olib jamoalari hamda “Eng quvnoq yigit” va “Eng quvnoq qiz” nominatsiyalari g‘oliblari pul mukofoti yoki qimmatbaho sovg‘alar, shuningdek, ko‘hna va qadimiy qadamjolarga sayohat yo‘llanmalari bilan taqdirlanishmoqda. Bundan tashqari, 1-o‘rinni olgan har bir jamoaga 5 million so‘m miqdorida pul mukofotlari ham topshirilmoqda.