“QUVNOQLAR VA ZUKKOLAR” (The Lightheaded and Quick-witted) contest at TUIT

  • Asosiy
  • “QUVNOQLAR VA ZUKKOLAR” (The Lightheaded and Quick-witted) contest at TUIT
18 noyabr kuni Toshkent axborot texnologiyalari universiteti “Kamolot” YoIH boshlang‘ich tashkiloti hamda universitetning ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi bilan hamkorlikda fakultеtlar talaba-yoshlari o‘rtasida «Quvnoqlar va Zukkolar» ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi.
Tadbir juda qiziqarli va hazil mutoyibalarga boy tarzda o’tdi. Tanlovda universitetning 6 ta fakultetidan quyidagi jamoalar ishtirok etishdi:
“Axborot xavfsizligi” fakultetining “Antivirus” jamoasi;
“Telekommunikatsiya texnologiyalari” fakultetining “Dubay” jamoasi;
“Kompyuter injiniringi” fakultetining “Kulgi ishqibozlari” jamoasi;
“Televizion texnologiyalari” fakultetining “Original” jamoasi;
“AKT sohasida Kasb ta’limi” fakultetining “Nima gap” jamoasi;
“Dasturiy injiniring” fakultetining “Megabayt” jamoasi;
Qizg’in davom etgan tanlovda “Telekommunikatsiya texnologiyalari” fakultetining “Dubay” jamoasi 1-o’rinni qo’lga kiritdi va “QVZ-Kamolot” kuchma kubogiga ega bo’ldi.
Tadbir so‘nggida tashkilotchilar tomonidan tanlovda ishtirok etgan jamoalarga turli nominatsiyalar bo’yicha Faxriy yorliqlar hamda faxrli o‘rinlarni qo‘lga kiritgan jamoalarga diplomlar topshirildi. Shuningdek, tanlovning “Eng quvnoq yigit” va “Eng quvnoq qiz” nominatsiyalari bo‘yicha ham ishtirokchilar e’lon qilinib ularga maxsus diplomlar topshirildi.
Kelgusida tanlovda ishtirok etgan talaba-yoshlari orasidan eng quvnoq, eng zukko va iqtidorli talabalarni tanlab olinib universitetning terma jamoasini shakllantirish hamda tanlovning respublika bosqichida g‘oliblikni qo‘lga kiritish maqsad qilib olindi.