Xitoy sun’iy intellektni rivojlantirish uchun 1 trillion yuan (~140 milliard dollar) sarmoya kiritdi, aftidan AQShning sobiq prezidenti Trampning “Amerika sun’iy intellekt poytaxtiga aylanadi” degan chaqirig‘ini qabul qildi.
Tramp neyron tarmoqlar va “superkompyuter”ni rivojlantirish uchun 100 milliard dollar ajratganidan so‘ng, Xitoy ulkan mablag‘ni deyarli bir vaqtning o‘zida yo‘naltirdi. Ushbu mablag‘ zamonaviy sun’iy intellekt texnologiyalarini yaratishga sarflanadi, dastur esa “Harakatlar rejasi” deb nomlandi.
✅ DeepSeek AQSh App Store’ida paydo bo‘lib, bepul ilovalar orasida yetakchiga aylandi. Lekin bu hammasi emas: uning ketidan Xitoyning Alibaba kompaniyasi Qwen2.5-1M sun’iy intellektini ishga tushirdi, u yuqorida sanab o‘tilgan barcha texnologiyalardan bir necha bor kuchliroq bo‘lib chiqdi.
Qwen rasmlar va videolar yaratishni qo‘llab-quvvatlaydi, katta hajmdagi ma’lumotlarni qayta ishlaydi va u ham bepul hamda hech qanday qo‘shimcha dasturlarsiz ishlaydi.