Hurmatli professor-oʼqituvchilar,
Аziz talabalar!
Bugun butun musulmon olamida ulugʼ ayyom, muqaddas bayram Qurbon hayiti nishonlanmoqda. Ushbu saodatli kun munosabati bilan universitetimiz professor-oʼqituvchilarini, talabalarini, xodimlarini chin qalbimdan samimiy tabriklayman!
Аvvalo, shunday ulugʼ kunlarga yetkazgani uchun Ollohga hamd-u sanolar aytamiz!
Barchamizga maʼlumki, Oʼzbekistonda soʼnggi yillarda milliy-diniy qadriyatlarimizni tiklash va rivojlantirish, eʼtiqod erkinligini taʼminlashga alohida eʼtibor qaratilmoqda, turli millat va elatlar oʼrtasida totuvlik, ahillik va hamjihatlik muhiti tobora yuksalib bormoqda.
Muqaddas islom dinimiz ilm talab qilishni har bir musulmonga beshikdan qabrgacha farz qilgan. Bir harf, bir soʼz, bir jumla boʼlsa ham oʼrganib, unga amal qilishga kirishaylik. Oila aʼzolarimiz, bolalarimizni ham ilmga qiziqtiraylik. Ilm oʼrganayotgan yoshlarimizni qo‘llab-quvvatlaylik hamda ularga dalda boʼlib, oʼzlari tanlagan yoʼl qanchalar ulugʼ ekanini tushuntiraylik.
Bugun yurtimizda aholiga xususan yoshlarga yaratilayotgan sharoitlar taxsinga loyiq. Аyniqsa, yoshlarimiz har taraflama yetuk va barkamol avlod boʼlishlariga barcha imkoniyatlar eshigi ochiq. Bu yaratilgan sharoitlardan unimli foydalanib, yurtimiz ravnaqiga oʼzini salmoqli hissasini qoʼshadigan ilm va kasb egasi boʼlishga xarakat qilish ham qarzimiz ham farzimizdir.
Bizning universitetimiz ayni vaqtda Malakatimizga axborot kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi malakali kadrlarni yetishtirib beruvchi bazaviy oliygoh hisoblanadi. Bayram munosabati bilan shuni aytmoqchimanki, universitetimizda faoliyat yuritayotgan har bir professor-oʼqituvchilarimizga va jonajon Vatanimizning ravnaqiga oʼz hissasini qoʼshishi istagida tahsil olayotgan talabalarimizga Ollohning oʼzi ajr-u savoblar bersin!
Universitetimiz xodimlari,
Qadrli talabalar!
Fursatdan foydalanib yana bir bor ushbu ulugʼ va muqaddas ayyom bilan sizlarni muborakbod etaman. Sizga oilaviy tinchlik, sihat-salomatlik, baxt-u-saodat tilayman!
Qadrli talabalarimizdan bugungi karantin qoidalarga rioya qilgan holda qutlugʼ ayyomni oila-aʼzolari davrasida koʼngil xotirjamlikda kutib olishlariga tilakdoshman!
Bayramingiz muborak bo‘lsin!
To‘lqin TESHABAYEV,
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti rektori,
iqtisodiyot fanlari doktori, professor.