Bugun, 6-noyabr kuni, nufuzli xalqaro QS reyting tashkiloti Osiyo Universitetlarining 2025-yil uchun (QS Asia University Rankings - 2025 (https://www.topuniversities.com/asia-university-rankings)) reyting natijalarini e’lon qildi. Unda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti yuqori natija ko‘rsatib, mintaqadagi yetakchi universitetlardan biriga aylandi.
Natijalarga ko‘ra, TATU Osiyo mintaqasida o'tgan yilgi 651-700 o'rnini yangilab, 541-o‘rinni, Markaziy Osiyo OTMlari orasida esa 34-o‘rinni egalladi.
Yangi reyting natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston o‘z pozitsiyasini sezilarli darajada yaxshilagan Osiyo davlatlaridan biriga aylandi.