Malayziya davlatining Kuala Lumpur shahrida QS Higher Ed Summit: Asia Pacific 2023 sammiti bo‘lib o‘tmoqda. Mazkur xalqaro sammitda Osiyo mamalakatlarining yetakchi oliy ta’lim muassasalari ishtirok etmoqda va unda O‘zbekiston Respublikasi Milliy Pavilioni tashkil etigan bo‘lib, O‘zbekistondan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti ham faol ishtirok etmoqda.