Muynoq yoshlari uchun ilk bor QR-kodli elektron kutubxonadan foydalanish imkoniyati yaratildi

  • Asosiy
  • Muynoq yoshlari uchun ilk bor QR-kodli elektron kutubxonadan foydalanish imkoniyati yaratildi

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining rahbarligida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Qarshi va Nukus filiallari hamkorligida va tomonidan “Future Muynak” axborot-taʼlim markazining “Book-Safe” boʻlimiga QR-kodli elektron kutubxona oʻrnatildi.

Mazkur kutubxona adabiy kitoblar, folklor, aniq va tabiyi fanlar, mutaxassislik adabiyotlari hamda maktab darsliklari boʻlimlaridan iborat. Shuningdek, elektron kutubxona fondida audio kitoblar ham oʻrin olgan.

Eslatib oʻtamiz, “Future Muynak” axborot-taʼlim markazining “Book-Safe” boʻlimida elektron kutubxonadan foydalanish uchun bepul Wi-Fi zonalari tashkil etilgan.

TATU matbuot xizmati