Qorga burkangan TATU



🌨Oppoq qor ostidagi TATU o‘quv binolari bugun yanada chiroyli. Talabalar esa har doimgidek quvnoq: kimdir video olyapti, kimdir qor o‘ynayapti, yana kimdir shunchaki shu go‘zal lahzalardan bahramand.

❤️ Sessiya davom etyapti, ammo bugungi kayfiyat butunlay boshqacha.

👍 Aynan mana shunday kunlar talabalikning eng yoqimli xotiralari bo‘lib qoladi…