TATU Qarshi filialida qishloq xo‘jaligi sohasida zamonaviy axborot-kommunikatsiya va raqamlashtirish texnologiyalarini qo‘llash bo‘yicha o‘quv kurslari o‘tkazildi

  • Asosiy
  • TATU Qarshi filialida qishloq xo‘jaligi sohasida zamonaviy axborot-kommunikatsiya va raqamlashtirish texnologiyalarini qo‘llash bo‘yicha o‘quv kurslari o‘tkazildi

23-24 oktabr kunlari Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Qarshi filialida Qashqadaryo viloyati Qishloq xo‘jaligi boshqarmasi tizimidagi korxona hamda tashkilotlar xodimlari uchun sohada zamonaviy axborot-kommunikatsiya va raqamlashtirish texnologiyalarini qo‘llash bo‘yicha malaka oshirish o‘quv kurslari tashkil etildi.

O‘quv kurslarida tinglovchilarga geoaxborot tizimlaridan (GAT) texnologiyasidan foydalanish va ular yordamida raqamli xaritalarni yaratish hamda kosmosli zondlash imkoniyatlari, fermer xo‘jaliklarini Smart texnologiyalar bilan boshqarish, qishloq xo‘jaligida dronlardan foydalanish va RFID texnologiyalarining qo‘llanilishi, qishloq xo‘jaligi axborot tizimlarida axborot xavfsizligini taʼminlash mavzulari bo‘yicha maʼlumotlar berildi.

O‘quv kurslari yakunida tinglovchilarga sertifikatlar topshirildi.

TATU matbuot xizmati