
Stajirovkaning asosiy maqsadi — magistrantlarni zamonaviy ilmiy vositalar, metodologiyalar va texnologiyalar bilan tanishtirish hamda amaliy tajriba orttirishga ko‘maklashish.
📚 Dastur quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
✅ Ma’ruzalar, seminarlar va mahorat darslarida ishtirok
✅ Ilmiy hamjamiyat bilan muloqot (munozaralar, suhbatlar, tadbirlar)
✅ Ilmiy markazlar va laboratoriyalar xodimlari bilan tajriba almashish
✅ Investitsiyalar jalb etish va xalqaro loyihalarni rivojlantirish bo‘yicha istiqbolli yo‘nalishlarni muhokama qilish
👨🏫 Jarayon davomida Dasturiy injiniring fakulteti dekani, PhD, dotsent O.B. Ro‘zibayev, TAD kafedrasi mudiri, DSc, professor K.F. Kerimov va kafedra assistenti A.N. Nurdullayev ishtirok etib, universitetdagi ilmiy va o‘quv laboratoriyalari faoliyati haqida batafsil ma’lumot berdilar.
O‘sh davlat universitetidan quyidagi mutaxassislar va talabalar ishtirok etdilar:
- To‘xtorboyev Aybek Mamadalievich – “Axborot tizimlari va dasturlash” kafedrasi mudiri, f.-m.f.n., dotsent
- Pakal ulu Dobchek – “Axborot tizimlari va dasturlash” kafedrasi o‘qituvchisi
- Kalbey Janbolt – “Amaliy informatika va axborot xavfsizligi” kafedrasi o‘qituvchisi
Magistratura talabalari – iqtisodiyotda amaliy informatika hamda axborot tizimlari va texnologiyalari yo‘nalishlarida tahsil oluvchilar
🤝 Ushbu tashabbus ikki universitet o‘rtasidagi akademik va ilmiy hamkorlikni mustahkamlash, tajriba almashish va istiqbolli loyihalarni birgalikda amalga oshirish uchun muhim qadamlardan biridir.