Muhammad al - Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti “AKT sohasida kasb ta’limi” fakulteti “Axborot ta'lim texnologiyalari” kafedrasi professor – o‘qituvchilari Qibray tumanidagi 46–o‘rta umumiy ta’lim maktabi o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik shartnoma asosida 2022-2023 o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida” gi qonunini hayotga izchillik bilan tadbiq etish, ta’lim turlari o‘rtasidagi o‘zaro integratsiya jarayonini yaxshilash hamda ular o‘rtasidagi uzviylik va uzluksizlikni ta’minlash maqsadidagi mazkur maktab o‘quvchilari bilan kasbga yo‘naltirish bo‘yicha seminar - trening o‘tkazishdi.