Ushbu xujjat imzolanishining asosiy maqsadlaridan biri – oliy taʼlim muassasalarida tayyorlangan ilmiy ishlanma, ixtirolar va innovatsion loyihalarni yana-da qo‘llab-quvvatlash va imkoniyat yaratishdir.
Viloyat hokimligi va TATU Qarshi filiali o‘rtasidagi imzolangan memorandum fan-taʼlim, ijtimoiy-maishiy va iqtisodiyot tarmoqlarida qo‘shma loyihalar, shartnomalar bajarilishiga amaliy yordam ko‘rsatish, istiqbolli deb topilgan loyihalar uchun mablag‘ ajratilishiga katta imkoniyat yaratib beradi.