Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Zoʻrlik ishlatilishdan jabr koʻrgan xotin-qizlarni reablitatsiya qilish va moslashtirish hamda oʻz joniga qasd qilishning oldini olish borasidagi ishlarni takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaror ijrosini ta’minlash maqsadida, professor-o‘qituvchilar va talaba -qizlarga “Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish hamda ular oʻrtasida oʻz joniga qasd qilishning oldini olish” mavzusida seminar tadbir tashkil etildi.
Tadbirga Yunusobod tumani IIOFMB XPB XQMB katta inspektori podpolkovnik Abzalova Shaxnoza Ganiyevna, kapitan Saparova Elianora Rustamovna va O‘zbekiston Xalqaro Islom Akademyasi xotin-qizlar sektori mutaxassisi Laylo Saidova va yoshlar psixologi Gulruh Ganiyevalar tashrif buyurishdi.
Mutaxassilar xotin-qizlar orasida virtual dunyo orqali ro‘y berayotgan tahdid-haqoratlar va ijtimoiy tarmoqlar vositasida tarqayotgan g‘oyalar muammoni chuqurlashtirganligini aytib o‘tishdi.
Seminar qatnashchilari o‘zlarini qiziqtirgan savollar yuzasidan mutaxassislardan javob oldilar.