Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Qarshi filiali bitiruvchilari maktablarda amaliyot o‘tab, ishga joylashtiriladi
Jamoa xizmat safari bilan Qashqadaryo viloyatiga tashrif buyurdi.
Tashrif doirasida Qarshi shahridagi IT-parkda Qashqadaryo viloyati Xalq ta’limi boshqarmasi hamda TATU Qarshi filiali o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.
Unga ko‘ra:
-Universitet bitiruvchilari umumta’lim maktablarida amaliyot o‘tashlari;
-Kelgusida bitiruvchilar Informatika fani o‘qituvchisi sifatida maktablarda ish faoliyatini boshlashlari;
-Universitet professorlari hamda informatika fani o‘qituvchilari o‘zaro tajriba almashishlari kelishib olindi.
Mazkur o‘quv yili TATU Qarshi filialini 281 nafar talaba tamomlamoqda. Ularning 50% o‘z faoliyatini maktablarda davom ettirish niyatida. Bitiruvchilarning 120 nafariga amaliyot o‘tashi uchun hamda ulardan 25 nafariga mavjud bo‘sh ish o‘rinlariga yo‘llanmalar berildi.