“Qaramlik psixologiyasi: Ongni zabt etuvchi tuzoqlar” mavzusida seminar tashkil etildi.

  • Asosiy
  • “Qaramlik psixologiyasi: Ongni zabt etuvchi tuzoqlar” mavzusida seminar tashkil etildi.

✅Tadbirda qaramlikning psixologik mexanizmlari, odatlarga bog‘lanish, miyadagi mukofot tizimi, emotsional bo‘shliq va irodaviy zaiflik haqida talabalarga batafsil ma’lumot berildi. Tadbir davomida inson ongiga qaramlikning ta’siri va undan xalos bo‘lish yo‘llari zamonaviy psixologik tadqiqotlar hamda real hayotiy misollar asosida tushuntirildi. Mehmon mutaxassis inson xulq-atvorini qanday boshqarish mumkinligi haqida atroflicha izoh berdi.

🤔 Shuningdek, psixo-faol moddalar, internet va ijtimoiy tarmoqlarga qaramlik, qimor va boshqa zararli odatlarning ong va ruhiyatga ta’siri haqida interaktiv savol-javoblar orqali talabalarning fikr-mulohazalari muhokama qilindi.

Ongimizni boshqara olishimiz – eng katta kuchimiz. Bizni cheklovchi odatlar emas, balki o‘z tanlovimiz bizni kimligimizni belgilaydi!

✈️@tuituz_official