Bugungi kunda butun respublikamiz boʻylab oʻzbek mumtoz adabiyotining yirik vakili, oʻzbek adabiy tilining asoschisi, buyuk qomusiy olim va mutafakkir, ulugʻ donishmand, davlat arbobi, oʻz davrining madaniy hayotiga rahbar, ilm-fan, sanʼat va adabiyot ahliga homiy, murabbiy va ustoz, buyuk alloma, nafis musiqashunos, yetuk tarixchi, mohir xattot va dunyoga tanilgan komil inson – Hazrat Nizomiddin Mir Alisher Navoiy tavalludining 580-yilligiga bagʻishlangan qator tadbirlar oʻtkazilmoqda.
Ana shunday maʼrifiy tadbirlar doirasida 6-fevral kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida “Qalam bilan dunyoni olgan daho” nomli maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi.
Tadbirda Alisher Navoiy nomidagi davlat adabiyot muzeyining katta tadqiqotchisi Maʼmura Rashidova maʼruza qildi. Oʻzbekiston Davlat sanʼat va madaniyat instituti “Milliy qoʻshiqchilik” kafedrasi oʻqituvchi va talabalari, Yunusobod tumani 96-oʻrta maktabi oʻquvchilari hamda universitet talabalarining teatrlashtirilgan sahna koʻrinishlari esa tadbirga oʻzgacha bir fayz kiritdi. Bu kabi tadbirlar barcha fakultetlar doirasida tashkil etilmoqda.