
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti raisligida 2025-yil 7-fevral kuni “Xizmat ko‘rsatish sohalarini rivojlantirish bo‘yicha asosiy vazifalar muhokamasi yuzasidan videoselektor yig‘ilishi”da “Kreativ sohalar – IT, turizm, loyiha, dizayn, injiniring” kabi xizmatlarni rivojlantirish bo‘yicha topshiriqlari, 2025-yil 13 va 14-fevral kunlari o‘tkazilgan yig‘ilishlarida “Sog‘lom inson – sog‘lom millat” g‘oyasini umummilliy harakatga aylantirish va ommaviy sportni rivojlantirish bo‘yicha ilgari surilgan tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida tashkillashtirilgan forum Urganch shahrida TATU va uning hududiy filiallaridan 700 dan ziyod talabalar, professor-o‘qituvchilar va xodimlarni jamladi.
⏺ Forum doirasida quyidagi tadbirlar bo‘lib o‘tadi:
👀 “Team Building” tarzida “Ochiq muloqot” tadbiri;
👀 Olimpiya va Paralimpiya tarkibiga kiruvchi sport turlari bo‘yicha musobaqalar:
futzal, suzish, qum voleyboli, yengil atletika, stol tennisi, shaxmat, Para pauerlifting;
👀“Quvnoqlar va zukkolar” musobaqasi;
👀 Shuningdek, tarixiy-ma’naviy maqsadda: Xivaning “Ichan-Qal’a” davlat muzey-qo‘riqxonasi va “Arda Xiva” turizm majmuasiga sayohat rejalashtirilgan.