Moziyga sayohat dasturi doirasida qadim va novqiron Samarqand shahriga sayohat uyushtirildi
🏛Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Qarshi filiali rahbariyati tashabbusi bilan, professor-oʼqituvchilar, ishchi-xodimlar va ularning farzandlari hamda talaba-yoshlarning Samarqand shahriga sayohati uyushtirildi.
Sayohatchilar kunning birinchi yarmida qadimiy va navqiron Samarqand shaxrining koʼhna tarixi va istiqlol yillarida roʼy bergan katta oʼzgarishlar bilan yaqindan tanishishdi.
Ular Samarqandning diqqatga sazovor joylari boʼlgan Guri Аmir maqbarasi, Oʼzbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimovning yoshligi oʼtgan hovlisi hamda Sherdor, Tillakori madrasalari, Registon maydonida boʼlishdi.