Har qanday davlatning bosh qonuni Konstitutsiya hisoblanadi. Konstitutsiya so‘zi lug‘aviy jihatdan "Nizom", "Qoidalar to‘plami" degan ma’nolarni anglatadi. Lekin mazmun-mohiyatiga ko‘ra, ushbu hujjat mamlakat, uning fuqarolari hayotida juda muhim va katta ahamiyatga ega ekanligini alohida e’tirof etish joiz.
📗Ta’kidlash kerakki, 1992-yil 8-dekabrda XII chaqiriq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining XI sessiyasida qabul qilingan Konstitutsiyamiz mamlakatimizda huquqiy-demokratik davlat qurish va erkin fuqarolik jamiyatini barpo etishning huquqiy poydevori bo‘lib xizmat qilmoqda.