Joriy yilning 24-oktyabr kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga Rossiya Federatsiyaning Innopolis universiteti o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor Yevgeniy Bobrov boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi.
📄 Uchrashuv davomida Rossiya Federatsiyaning Innopolis universiteti va TATU o‘rtasidagi hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirish, jumladan, talabalar almashinuvi dasturini kengaytirish, shuningdek, axborot xavfsizligi yo‘nalishida yangi loyihalarni ishlab chiqish, qo‘shma tadqiqot loyihalari amalga oshirish hamda ilmiy tadqiqotchilar va professor o‘qituvchilar uchun stajirovka va malaka oshirish kurslarini tashkil etish borasidagi masalalar muhokama qilindi.