Bugun, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida O‘zbekistondagi yirik treyding kompaniyalardan biri StockNest Investment korxonasi vakillari ishtirokida "Prop Treyding o‘zi nima?" mavzusida seminar-trening bo‘lib o‘tdi.
Seminarda hozirda rivojlanib borayotgan treyding sohasi bo‘yicha kerak bo‘ladigan ko‘nikmlalar, sohaning afzallik va kamchiliklari, StockNest Investment kompaniyasining faoliyat yo‘nalishlari hamda ular tomonidan har yili e’lon qilinadigan xodimlarni saralab olish dasturi, shuningdek, talabalarni zamonaviy kasbga qiziqishlarini oshirish bo‘yicha amaliyot va ishlash uchun yaratilgan shart-sharoitlar to‘g‘risida batafsil ma’lumot berildi.
Seminar davomida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat etishdi va barcha savollarga kompaniya vakillari tomonidan batafsil ma’lumotlar olishdi.