Janubiy Koreyalik professor Choi, Won-Gun Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida joriy yilning bahorgi semestridan “AKT sohasida iqtisodiyot” kafedrasida faoliyat yurita boshladi.
Choi, Won-Gun AKT sohasida iqtisodiyot va menedjment fakulteti talabalariga “Iqtisodiyot nazariyasi” hamda “Boshqaruv hisobi” fanlaridan ingliz tilida maʼruza mashgʻulotlarini olib bormoqda.
Ma'lumot o'rnida aytish kerakki, professor Choi, Won-Gun 1980-1985 yillarda Janubiy Koreyaning Yonsei universitetida bakalavriaturani va 1986-1988 yillarda Fransiyaning Nice universitetida magistraturani tamomlagan. 1993-yilda Fransiyaning Paris1 universitetida “Moliya” mutaxassisligi boʻyicha PhD ilmiy unvonini olgan.
TATU matbuot xizmati