Gruziyaning Kavkaz universitetida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining professor-o‘qituvchilari o‘z ma‘ruzalari bilan ishtirok etishdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 15-iyundagi “O‘zbekiston Respublikasi kiberxavfsizlikni ta'minlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–4751-sonli Qarorida keltirilgan vazifalarni bajarish maqsadida, Kiberxavfsizlik fakul'teti ilmiy darajaga ega bo‘lgan professor-o‘qituvchilar Kavkaz universitetida Sciyentific Cyber Security Association (SCSA) Assosiasiya tomonidan o‘tkazilayotgan “Kiberxavfsizli va 5G” ligasida ishtirok etishmoqda.
Bunda “Kiberxavfsizlik va 5G” ligasida Kiberxavfsizlik fakul'teti professor-o‘qituvchilari tomonidan Evolution of mobile networks: from 0 to 6G; 5G networks fundamentals; Key 5G technologies; 5G cybersecurity framework; Key directions of development of cybersecurity systems towards 6G; 5G Infrastructures Deployment with QKD; QRNG for Advanced Security and Privacy in 5G Networks; QSDC and other Quantum Technologies for Networks Security - mavzudagi ma'ruzalari bilan qatnashishmoqda. Bu o‘tkazilayotgan “Kiberxavfsizlik va 5G” ligasida ishtirok etish orqali fakultetdagi mutaxassislik kafedralarining ilmiy tadqiqot yo‘nalishida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, akademik va ilmiy almashinuv dasturlarini ishlab chiqish, hamda uzoq muddatli o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish ham rejalashtirildi.