O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Taʼlim-tarbiya tizimini yana-da takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2020-yil 6-noyabrdagi PQ-4884-son qarori bilan tasdiqlangan “Taʼlim-tarbiya va ilm-fan sohalarini yana-da takomillashtirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar dasturi”ning 22-bandi ijrosi yuzasidan yoshlarda mafkuraviy immunitetni kuchaytirish, ularni turli yot g‘oya va tahdidlardan asrash, o‘z mustaqil fikriga ega, irodali, fidoyi va vatanparvar insonlar etib tarbiyalashga qaratilgan “Islohotlar bilimdoni” keng tarmoqli respublika ilmiy-maʼrifiy ko‘rik tanlovini o‘tkazish bo‘yicha 2021-yil 25-yanvarda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus taʼlim vazirligining 3-q/q-sonli, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining 1/2-sonli, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazining 1/1-qq-sonli hamda Respublika oliy taʼlim kengashining 2-qq-sonli qo‘shma qarori imzolangan.
Ushbu qo‘shma qarorga muvofiq, “Islohotlar bilimdoni” keng tarmoqli respublika ilmiy-maʼrifiy ko‘rik tanlovi quyidagi nominatsiyalar bo‘yicha o‘tkaziladi:
- “Eng faol milliy g‘oya va maʼnaviyat targ‘ibotchisi”
- “Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar bo‘yicha eng yaxshi kafedra”
- “Eng yaxshi guruh murabbiysi”
- “Eng faol xotin-qizlar maslahat kengashi raisi”
- “Eng faol islohotlar targ‘ibotchisi”.
1-4-nominatsiyalarda professor-o‘qituvchilar va kafedralar, 5-nominatsiyada esa talabalar ham ishtirok etishlari mumkin.
Tanlov har yili o‘tkaziladi va har yili 15 apreldan 15 mayga qadar tanlovda ishtirok etishni xohlovchilar universitet “Yoshlar bilan ishlash, maʼnaviyat-maʼrifat bo‘limi” arizalarini topshirishlari mumkin.
Tanlov Nizomi bilan quyidagi havola orqali tanishish mumkin.
Marhamat tanlovda ishtirok eting va qimmatbaho savg‘alarni qo‘lga kiriting!!!