🏛Bugun, 4-oktabr kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining faollar zalida AKT vazirligi Toshkent shahar xududiy boshqarmasi boshlig‘i N.Tursunov va "O‘zbektelecom" AK "TSHTT" filiali boshlig‘i F.Rustamovlar ishtirokida professor-o‘qituvchilar va talabalar bilan sayyor qabul tashkil etildi.
✅Sayyor qabul davomida talaba-yoshlarga raqamli texnologiyalar asosida bilim olishlari uchun ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini yanada yaxshilash hamda talabalar turar joylarini yuqori tezlikdagi internet bilan ta’minlash, xususan, ularning oʼqishdan tashqari vaqtlarda qoʼshimcha daromad topishlari boʼyicha “Oʼzbektelekom” АK “TShTT” filiali vakillari o‘z takliflarini berishdi.