
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida fakultetlar va kafedralar kesimida professor-o‘qituvchilar va ishchi xodimlar o‘rtasida kengaytirilgan yig‘ilishlar bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda kun tartibi bo‘yicha quyidagi masalalar ko‘rildi:
👀 Bahorgi o‘quv semestriga tayyorgarlik ko‘rish;
👀Muntazam surunkali ko‘p dars qoldirayotgan talabalarning nazoratini kuchaytirish, ota-onalarini ogohlantirish bo‘yicha o‘rnatilgan tartibda uylariga xat jo‘natish va intizomiy choralarni o‘z vaqtida berib borish;
👀Talaba-yoshlar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning tahlili;
👀Talabalar turar joyi va ijara-xonadonlarining sharoitlari o‘rganilishi;
👀Ijtimoiy himoyaga muhtoj talabalarga yordam ko‘rsatish va shart-sharoitlarni yaxshilash;
👀Odob-axloq qoidalariga rioya qilish;
👀Kafedralarda tashkil etilgan to‘garaklar faoliyatini jadallashtirish;
🛡 Yig‘ilishda ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishdagi vazifalarni bajarilish holati bo‘yicha vazifalar muhokama qilindi. Barcha mas’ullar bilan o‘z yo‘nalishlaridan kelib chiqib topshiriqlar kelishib olindi. Shu munosabat bilan faoliyatini qoniqarsiz amalga oshirayotgan xodimlarga tegishli choralar koʻrilishi qayd etildi.