Professor-o‘qituvchilar va ilmiy tadqiqotchilar diqqatiga!

  • Asosiy
  • Professor-o‘qituvchilar va ilmiy tadqiqotchilar diqqatiga!

 Siz yaratgan ixtiro, foydali model, innovatsion texnologiya yoki texnik yechimni huquqiy jihatdan himoya qilishni istaysizmi?

 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti patent olish jarayonida Sizni har tomonlama qo‘llab-quvvatlaydi.

Quyidagi yo‘nalishlarda amaliy yordam ko‘rsatiladi:
🔹 Patent olish bo‘yicha bepul maslahatlar;
🔹 Patent talabnomalarini tayyorlash va rasmiylashtirishda ko‘mak;
🔹 O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk markaziga hujjatlarni topshirish jarayonida yordam;
🔹 Patentlash bilan bog‘liq tashkiliy masalalarni hal etishda ko‘mak;
🔹 Patent olish uchun zarur davlat bojlari va boshqa to‘lovlarni qoplashda universitet tomonidan amaliy yordam.


 Intellektual mulkingizni huquqiy muhofaza qiling, ilmiy ishlanmalaringizni tijoratlashtirish imkoniyatlarini kengaytiring hamda TATUning innovatsion salohiyatini yuksaltirishga o‘z hissangizni qo‘shing.

 Murojaat uchun:
Sun’iy intellekt va innovatsion ekotizimni rivojlantirish bo‘limi
 (+998 71) 238-64-39

 Innovatsion g‘oyalaringizni bugundan himoya qiling — ertangi muvaffaqiyat sari ishonchli qadam qo‘ying!