Sizlarni 2026-yil 25-mart kuni soat 14:00 da bo‘lib o‘tadigan
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.09/2025.27.12.T.01.03 raqamli ilmiy Kengash qoshidagi 05.01.02 – “Tizimli tahlil, boshqaruv va axborotni qayta ishlash”, 05.01.03 – “Informatikaning nazariy asoslari” hamda
05.01.11 – “Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt” ixtisosliklari bo‘yicha Ilmiy seminarga taklif etamiz. Ilmiy seminarda quyidagi ishlar ko‘rib chiqiladi.
- Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti mustaqil izlanuvchisi Klicheva Firuza Gulmuratovnaning01.03 – “Informatikaning nazariy asoslari” ixtisosligi bo‘yicha texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozgan “Ma’lumotlarni intellektual tahlil qilish asosida tibbiy tashxislash masalasini yechish algoritmlari” mavzusidagi dissertatsiya ishi muhokamasi.
- Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti mustaqil izlanuvchisi Karimov Nodirbek Madirimovichning 05.01.02 – “Tizimli tahlil, boshqaruv va axborotni qayta ishlash” ixtisosligi bo‘yicha texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozgan “Ziddiyatli vaziyatlarda kuchlarni taqsimlash va boshqarishning matematik model, usul va algoritmlari” mavzusidagi dissertatsiya ishi muhokamasi.
Seminar 2026-yil 25-mart kuni E-bino, 101-xonada bo‘lib o‘tadi.
Boshlanish vaqti soat 14:00.