Tyutorlarninig psixologik bilim va koʻnikmalarini oshirish maqsadida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti psixologi soxa mutaxassislari bilan hamkorlikda "Psixologiya va psixopatologiya" mavzusida professor-o‘qituvchi va tyutorlar uchun maxsus seminar tashkil etildi.
Unda shaxsdagi ichki ruhiy inqiroz, zo‘riqish, shu bilan birga ta’limda, rivojlanishda, ijtimoiy moslashishda vujudga kelishi mumkin bo‘lgan buzilishlar (xulqi-atvor anomaliyalari, ruhiy jarohat) sabablari va mexanizmlarini aniqlash va oldini olish maqsadida seminar tashkil etildi. Shuningdek, seminarda o‘z ma’ruzalari bilan Shahar ruhiy-asab kasalliklari dispanserining malakali mutaxassislari ishtirok etishdi.
Tinglovchilar uchun shaxslararo munosabatda va ayniqsa talabalar bilan ishlaganda vujudga kelishi mumkin bo‘lgan nuqsonlar va salbiy o‘zgarishlarni, nevrotik holatlarni o‘z vaqtida bartaraf etish va his-tuyg‘ularni boshqarish imkoniyatini yaratish asosiy maqsad ekanligi ta’kidlandi.