Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida «Axborot-kutubxona tizimlari” kafedrasi magistrantlari, doktorantlari va professor-o‘qituvchilari uchun AQShning Blyumingtondagi Indiana universiteti Yaqin Sharq, Yevrosiyo va Islomshunoslik tadqiqotlari bo‘yicha bibliografi, professor Akram Habibullaning mahorat darsi bo‘lib o‘tdi.
Mahorat darsida «Axborot-kutubxona tizimlari” kafedrasi tashabbusi bilan AQSH universitet kutubxonalarida qo‘llaniladigan texnologiyalar, ilmiy-taʼlimiy resurslar, Yaqin Sharq, Yevrosiyo va Islomshunoslikka oid adabiyotlarning maʼlumot bazalari, elektron kutubxonalar yaratish usullari, resurslardan foydalanish bo‘yicha yuqori malakali kadrlar tayyorlash va o‘qitish darajasini oshirish hamda Muhammad al-xorazmiy nomidagi TATU hamda Indiana universiteti o‘rtasida ilmiy loyihalar va taʼlim bo‘yicha hamkorlik masalalari muhokama qilindi.