
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yiI 16-oktabrdagi PF-158-son Farmonida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida TATU ishchi guruhi Toshkent tuman 2-son politexnikumi va Chilonzor tuman 1-son politexnikumiga tashrif buyurib texnikumlardagi mavjud holat va yaratilgan sharoitlar hamda “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi.
Tashrif jarayonida universitet ishchi guruhi tomonidan texnikumlarga o‘quv-uslubiy yordam ko‘rsatish, ta’lim sifatini oshirish hamda moddiy-texnik bazasini yaxshilash bo‘yicha kelgusida bajariladigan aniq vazifalar belgilandi.